Iroqning sobiq prezidenti, kurd davlat arbobi Jalol Talaboniy 83 yoshida Germaniyada olamdan o‘tdi. Bu haqda bugun kurdlarning "Rudau" telekanalida xabar qilindi.
U shuningdek, Kurdiston vatanparvarlari ittifoqi partiyasi rahbari bo‘lgan.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Talaboniy 2012 yilda insultni boshdan kechirgandi.
Talaboniy Iroqning arab bo‘lmagan ilk prezidenti edi. U mamlakatga 2005 yildan 2014 yilgacha rahbarlik qilgandi.