22:00 / 03.10.2017
12552

Isroil Falastin bilan yarashish shartini aytdi

Foto: AFP 2017 / Stephane Mahe

Isroil XAMAS harakatining jangovar qanoti tarqatib yuborilmasa va Eron bilan aloqa uzilmasa Falastin bilan yarashuvni qabul qilmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu aytib o‘tdi.

U birinchi marotaba Falastinning raqobatchi XAMAS va FATH harakatlarining o‘n yildan beri davom etayotgan o‘zaro ziddiyatlarni yengish va siyosiy tizimning butligini tiklashga urinishiga izoh berdi.    

"Isroil davlatini tan oling, XAMASni tarqatib yuboring, Eron bilan aloqalarni uzing", deb o‘qib bergan Netanyaxu Falastin rahbariyatiga yo‘llanadigan talablar ro‘yxatini. 

Isroilda terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan XAMAS 10 yildan beri G‘azo sektorida hukmronlik qiladi. Sektor 2007 yildagi to‘ntaruvdan keyin sanksiyalar sharoitida, tashqi dunyodan uzilgan holda, Isroil bilan harbiy ixtiloflar va yomonlashayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat sharoitida yashamoqda. FATH esa G‘arbiy qirg‘oqni Falastin milliy ma'muriyati, jumladan xalqaro tan olingan Rami Hamdulloh boshchiligidagi vazirlar mahkamasi orqali nazorat qiladi.

Mavzuga oid
Top