20:10 / 03.10.2017
16942

Pop tumanida 2 yilda uchinchi hokim ishdan olindi

30 sentabr kuni xalq deputatlari Pop tuman kengashi navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.

Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov qatnashgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Tumanni 2016 yil noyabridan beri boshqarib kelgan O‘ktamjon Ergashev o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etildi.

Viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan A'zamjon Sultonov Pop tumani hokimi etib tayinlandi. Sultonov 2012—2017 yillarda Norin tumani hokimi bo‘lgandi.

Qayd etish kerakki, bu Pop tumanida keyingi 2 yil ichida uchinchi marta hokim o‘zgarishidir.

2015 yil dekabrida Xayrulla Bozorov Bahodir Rahmonovni lavozimdan olib, Javlonbek Yo‘ldoshevni yangi hokim sifatida tanishtirgandi.

2016 yil noyabrida esa Yo‘ldoshev o‘z joyini O‘ktamjon Ergashevga bo‘shatib bergandi.

Mavzuga oid
Top