19:29 / 03.10.2017
52769

O‘zbekiston-Rossiya hamkorligidagi harbiy mashqlar boshlandi

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining “Forish” tog‘ dala o‘quv maydonida O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirliklari hamkorligida o‘tkaziladigan maxsus taktik-o‘quv mashqlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari – Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor P. Ergashev, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi shtab boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor R. Minnekayev, ikki davlat harbiy xizmatchilari ishtirok etgan tadbirda mazkur mashqlar mamlakatlarimiz o‘rtasida ikki tomonlama harbiy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi vazifa va maqsadlarni amalga oshirish, shuningdek, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi global tahdidlarga qarshi kurashish haqida so‘z bordi.

 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston mintaqaviy va global xavfsizlikni ta'minlashda o‘zining qat'iy pozitsiyasiga ega ekanligini e'tirof etdilar. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi ashula va raqs ansambli xonandalarining konsert dasturi namoyish qilindi.

 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shu kuni Rossiya Federatsiyasi harbiylari uchun qurol-yarog‘ va harbiy texnika namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘rtasida mini-futbol, voleybol, arqon tortish, armrestling kabi sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bahslar do‘stona va samimiy ruhda kechdi.

 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Top