14:50 / 04.10.2017
44625

Kazaklar ulardan birini tanishdi

Don kazaklari IShID tomonidan Suriyada qo‘lga tushgan rossiyalik harbiy asirlar sifatida namoyish etilgan asirlardan biri Roman Zabolotniyni tanishdi. Bu haqda Don harbiy boshqarmasidagi harbiylar, Zabolotniyning xizmatdoshlariga asoslangan holda "Interfaks" agentligi xabar tarqatdi.

"Kazaklar uning qaytishi uchun duo qilishardi. Ular uchun bu video shokka tushiruvchi video bo‘ldi", deyilgan agentlik xabarida.

Manbaning qayd etishicha, Roman Zabolotniy faol va namunali kazak bo‘lgan, u Rossiyada kemachi bo‘lib ishlagan. Oxirgi vaqtlarda u bilan aloqa uzilib qolgandi. Uning Suriyaga ketish niyatidan hech kimning xabari bo‘lmagan. Hozirda uning xizmatdoshlari Romanning oilasini qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Bundan avvalroq "Novaya gazeta" nashri asirlikdagi ikkinchi rossiyalik "Harbiy birodarlar. Domodedovo" jamoat tashkiloti a'zosi bo‘lgani haqida yozgandi.

"Ha, bu o‘sha. U qanday Suriyaga bordiyu, qanday asirga tushgan ekan. Biz qolganini bilmaymiz", - degandi tashkilot vakillaridan biri nashr muxbiriga.

28 sentabr kuni IShID jangarilari ikki rus asirni namoyish etib, ular Suriyaning  Dayr-ez-Zavrdagi harbiy harakatlar vaqtida asirga tushgan rossiyalik harbiy xizmatchilar ekanini ma'lum qilishgandi.

Videoda kulrang korjoma kiygan ikki kishini ko‘rish mumkin, ulardan biri rus tilida gapiradi va Ash-Shol yaqinida asirga tushganlari haqida aytadi. Bu Rostov viloyatida yashagan Roman Vasilevich  Zabolotniy. U sherigi Surkanov Grigoriy Mixaylovich Moskva viloyati, Domodedovo tumanidan ekanini gapirgan (u butun video davomida jim turgan. Uning yuzida kaltaklash alomatlari ko‘rinib turibdi, uning o‘ng ko‘zi ko‘karib, yumilib qolgan). "Novaya gazeta" muxbiri keyinchalik uning aniq familiyasi Tsurkanov ekanini aniqladi. 

Ushbu videoga Rossiya Mudofaa vazirligi munosabat bildirdi va ular Suriyadagi harbiy harakatlar davomida asirga tushgan harbiylar ekanini inkor etdi.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Top