20:25 / 04.10.2017
13371

Kimyo yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari ma'lum bo‘ldi

Foto: AFP 2017 / Jonathan Nackstrand

Kimyo yo‘nalishi bo‘yicha 2017 yilgi Nobel mukofotiga munosib topilgan olimlar nomlari e'lon qilindi. Bu yilgi sovrinlar shveysariyalik Jak Debush, amerikalik Yoaxim Frank va britaniyalik Richard Hendersonga beriladigan bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi.
 
RIA Novostining yoziishicha, olimlar suyuqlikdagi molekulalar tuzilmasini yuqori o‘lchamda aniqlash imkonini beradigan krioelektron mikroskopni ishlab chiqishgan. 

Ta'kidlanishicha, krioelektron mikroskopiya usuli biokimyoda yangi davrni boshlab berdi. Endilikda, olimlar biomolekulalarni harakatlanish chog‘ida muzlatib qo‘yishlari va avvalgi ko‘rish imkonsiz bo‘lgan jarayonlarni kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Kashfiyot hayot kimyosi va farmatsevtika rivojida muhim o‘rin tutadi.

Top