11:40 / 04.10.2017
23971

Senat o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston Senatining 4 oktabr kuni ish boshlagan 12-yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani (Bishkek, 2017 yil 5 sentabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun ko‘rib chiqildi.

O‘zA xabar berishicha, qonun senatorlar tomonidan ma'qullangan.

«Mazkur qonun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga sentabr oyida amalga oshirgan davlat tashrifi davomida imzolangan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani hayotga tatbiq etish maqsadida ishlab chiqilgan», — deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, «Senat yalpi majlisida bu tarixiy hujjatning ratifikatsiya qilingani o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining o‘zaro aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi».

Top