14:00 / 05.10.2017
26396

Almazbek Atamboyev va Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga bordi

O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. 

Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. 

Qirg‘iziston prezidenti ushbu maydon O‘zbekistonning tinchliksevar siyosatini, xalqning bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini alohida ta'kidladi. 

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. 

Ko‘rgazmada ikki mamlakat so‘nggi yillarda iqtisodiyot sohasida erishgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari namoyish etilmoqda. 

Prezidentlar ekspozitsiya bilan tanishar ekan, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko‘rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. Ikki mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida hamkorlikning mustahkamlanishi ishlab chiqarish jarayoni takomillashishi va mahsulotlarning yanada ommaviylashishiga xizmat qilishini ta'kidladilar. 

Mavzu
O‘zbekiston - Qirg‘iziston munosabatlari: yangi davr

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev rafiqasi bilan Toshkentga keldi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 10dan ortiq hujjat imzolandi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top