11:40 / 06.10.2017
10827

AQShda jinoyatchi 1983 yilda sodir etgan qotilligi uchun qatl qilindi

Amerikaning Florida shtatida 1983 yili ikki kishining umriga zomin bo‘lgan kishi qatl etildi, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Ma'lum qilinishicha, sudlangan Maykl Lembriksni dori yordamida qatl qilishgan. Uning o‘zi aybiga iqror bo‘lmagan.

Foto: AP

Agentlikka ko‘ra, Lembriks AQSh Oliy sudiga unga nisbatan qatl qilishning nokonstitutsiyaviy usulini qo‘llashmoqchi ekani haqida apellyatsiya kiritgan. Biroq Oliy sud uning murojaatini rad etgan. 

Top