09:31 / 06.10.2017
10498

Yana bir terma jamoa mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

2018 yilgi Jahon chempionati uchun saralash o‘yinlari Yevropa mintaqasida F guruhi 9-tur uchrashuvlarini o‘tkazishdi. Angliya «Uembli» stadionida Sloveniyani qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona gol qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisi o‘tib borayotgan vaqtda Harri Keyn hisobiga yozildi.

Shu tariqa Angliya ochkolari sonini 23taga yetkazdi va guruhda birinchi o‘rinni naqd qilib, turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan to‘qqizinchi jamoaga aylandi.

Shotlandiya esa Slovakiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi, Martin Shkrtel 87-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

Guruh autsayderlari Malta va Litva uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi (1:1). Maltaliklar saralashdagi birinchi ochkosini qo‘lga kiritdi.

Endilikda F guruhida 9 turdan keyin quyidagi holat yuzaga kelgan: 1. Angliya – 23 ochko; 2. Shotlandiya – 17; 3. Slovakiya – 15; 4. Sloveniya – 14; 5. Litva – 6; 5. Malta – 1.

JCh-2018 saralashi, Yevropa mintaqasi
F guruhi
9-tur

Angliya – Sloveniya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Keyn.
Angliya – Hart, Stounz, Bertran, Uoker, Keyxill, Oksleyd-Chemberlen (Lingard, 64), Dayyer, Xenderson, Sterling (Kin, 85), Reshford, Keyn.
Sloveniya – Oblak, Mevlya, Yokich, Struna, Tsesar, Rotman (Matavj, 79), Krxin, Ilichich, Verbich, Shporar (Birsa, 55), Bezyak (Repas, 72).
Ogohlantirishlar: Krxin (38), Stounz (44), Mevlya (45), Rotman (51), Struna (86), Birsa (90).

Shotlandiya – Slovakiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 89, avtogol Shkrtel.
Shotlandiya – Gordon, Malgryu, Robertson, Tirni (Anya, 82), Berra, Bennan, Fletcher (Makartur, 79), Forrest (Martin, 61), Morrison, Fillips, Griffits.
Slovakiya – Dubravka, Shkrtel, Gubochan, Pekarik, Dyuritsa, Lobotka, Gregush, Gamshik (Duda, 79), Kutska (Domber, 80), Mak, Nemets (Vayss, 79).
Ogohlantirishlar: Mak (17), Hamshik (21), Kutska (21), Morrison (70), Bennan (90).
Chetlatish: Mak (23).

Malta – Litva 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 23 Adjius, 1:1 – 53 Slivka.
Malta – Xogg, Borg, Kamilleri, Tserafa, Adjius, Gembin (Borg, 86), Muskat, Fenek (Attard, 90), Effiong, Pizani, Shembri (Feylla, 46).
Litva –    Zubas, Girdvaynis, Mikutskis, Andryushkyavichyus, Vaytkunas, Kuklis, Slivka, Valskis (Papshis, 46), Chernyx, Matulyavichyus (Spalvis, 80), Novikovas.
Ogohlantirishlar: Kuklis (22), Girdvaynis (42), Muskat (74).

Top