19:35 / 06.10.2017
14622

Avtomobilda yuklarni shaharda va shahar atrofida tashishlar uchun litsenziyalar birlashtirildi

Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 yildagi 739-son qarori bilan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Lisenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning qismlariga beriladi.
 
Ilgari mustaqil litsenziyalanadigan yuklarni shaharda, shuningdek shahar atrofida tashishlar birlashtirildi.  Endi shahar va shahar atrofida avtomobilda yuk tashish uchun bitta litsenziya hamda shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar uchun alohida-alohida litsenziya olish mumkin.
 
Yuk tashishning barcha turlari uchun avvalgidek umumiy litsenziya endi berilmaydi (shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro).    
 
Lisenziya berish uchun davlat boji stavkalari litsenziya (litsenziya kartochkasi) uchun to‘lov amalga oshirilgan kunda belgilangan EKIHga karrali miqdorda o‘rnatildi. Ilgari stavkalar AQSh dollarida belgilanar edi.

Top