23:20 / 06.10.2017
27702

Kataloniya mustaqillik referendumining natijasi e'lon qilindi

Foto: AP Photo/Paul White

Kataloniyaning 2,04 mln fuqarosi muxtor o‘lkaning Ispaniya qirolligi tarkibidan chiqishbo‘yicha o‘tkazilgan referendumda mustaqillikni yoqlab ovoz berishgan. 

O‘lka hukumati 6 oktabr kuni shunday ma'lumotlarni tarqatdi, deb xabar qilmoqda TASS.
 
Unga ko‘ra, barcha ovoz berish byulletenlari sanab chiqilganidan so‘ng, 90,18 foiz saylovchi Kataloniya mustaqilligini qo‘llab-quvvatlagani ayon bo‘lgan. Qirollik tarkibidan chiqishga qarshi 7,83 foiz saylovchi ovoz bergan. Bu 177,5 ming kishini tashkil etadi. Yana 1,98 foiz ovoz beruvchilar bo‘sh byulletenlarni tashlashgan. 

Umuman, referendumda 2,28 mln kataloniyaliklar yoki ovoz berish huquqiga ega 5,3 mln aholining 43 foizi ishtirok etgan. Ispaniya hukumati mazkur referendumni noqonuniy deb hisoblamoqda.
 
10 oktabr kuni Kataloniya rahbari Karles Puchdemon muxtoriyat parlamentida mintaqadagi "siyosiy vaziyat yuzasidan axborot berishi kutilmoqda".

Mavzuga oid
Top