O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 6 oktabrdagi qaroriga muvofiq, Mirodil Sangilov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziriga o‘rinbosar, "Xavfsiz shahar" majmuasini yaratish loyihasini amalga oshirishga javobgar shaxs etib tayinlandi.
Bu lavozim O‘zbekiston Prezidentining 29 avgustdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan kiritilgandi.