17:19 / 07.10.2017
9437

Andijonda kompyuter o‘g‘rilari ushlandi

Foto: KUN.UZ

Oltinko‘l tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida, “Alisher tekstil” mas'uliyati cheklangan jamiyat binosida sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati fosh etildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Umumiy narxi 4 mln. 300 ming so‘m bo‘lgan 7 dona “Intel” rusumli kompyuter protsessori va 5 dona “Samsung” rusumli kompyuterlarni o‘g‘irlagan Oltinko‘l tumanida  yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan A.J. va 1988 yilda tug‘ilgan S.A.lar ushlandi. Ulardan daliliy ashyo sifatida 2 dona kompyuter olindi. 

Holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmokda.

Top