22:06 / 07.10.2017
10981

Andijonda Lily Education NTM bilan hamkorlikda "English Without Grammar" o‘quv-seminari o‘tkazildi

Foto: Lily Education

Andijon viloyat hokimligi ko‘magida tashkil etilgan «English Without Grammar» (Grammatikasiz Ingliz tili) nomli ingliz tilini o‘qitish uslubi masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil etildi. Viloyat O‘rta maxsus kasb hunar ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlik tayyorlangan mazkur tadbirni «Lily Education» NTM rahbari Haydarova Nilufar olib bordi.

«Meni ayniqsa, o‘quv-seminarda ishtirok etgan o‘qituvchilarning bilimi va g‘ayrati lol qoldirdi. Andijondagi ingliz tili o‘qituvchilarining o‘z kasbiga muhabbati yaqqol sezilib turdi. Mahoratli o‘qituvchilar bilan seminarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazar ekanman kelgusida Andijondagi o‘qituvchilar bilan birgalikda alohida loyiha ustida ishlashni niyat qilib qo‘ydim», deydi o‘quv markazi rahbari Haydarova Nilufar.

Ma'lumot uchun, 2008 yil O‘zbekiston bo‘yicha «Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi» tanlovida ikkinchi o‘rin sohibasi, pedagogika sohasida 25 yil tajribaga ega Nilufar Haydarova KUN.UZ’ga ish faoliyatidagi oltin qoida haqida so‘zlab bergan edi.

Reklama huquqi asosida

Top