09:14 / 07.10.2017
11018

Oq uy: Tramp dunyoni tartibsizliklardan saqlab turibdi

Foto: AP

AQSh prezidenti ma'muriyati rasmiy vakili Sara Sandersning brifingda ma'lum qilishicha, Donald Tramp «dunyoni tartibsizliklardan saqlamoqda». Bu haqda Hill nashri yozmoqda.

"Mening fikrimcha, aynan prezident dunyoni tartibsizliklardan saqlamoqda", - degan Sanders.

Shuningdek, Oq uydan ta'kidlashlaricha, Trampga uning "ajoyib" jamoasi va butun dunyodagi ittifoqchilari yordam bermoqda.

"U bu borada yordam beradigan ajoyib jamoaga ega. Hamda u dushmanlarga qarshi ittifoqchilarimiz bilan hamkorlik qilib, xalqaro maydonda katta muvaffaqiyatlarga erishdi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Sanders.

Sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlagan Tramp tinchlik va demokratiyani himoya qilishga chaqirdi hamda "yakkalanib qolgan rejimlarga" tahdid qildi. Xususan, AQSh prezidenti KXDR Qo‘shma Shtatlarga xavf soladigan bo‘lsa, Vashington uni yo‘q qilishga majbur bo‘lishini aytdi.

Top