16:35 / 07.10.2017
8159

Poroshenko Donbass maqomining muddatini uzaytirdi

Foto: President.gov.ua

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko «Donetsk va Lugansk viloyatlarining alohida tumanlaridagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yichsa shart-sharoitni barpo etish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Shu bilan Donbassning o‘ziga xos maqomini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

«Qonun Ukraina hududiy yaxlitligini tiklashga urinish barobarida Donetsk va Lugansk viloyatlarining ayrim tumanlaridagi vaziyatni xalqaro huquq va BMT nizomi doirasida tinch yo‘l bilan hal etishga sodiq qolayotganini ko‘rsatadi», — deyiladi xabarda. 

Bundan avval, Oliy rada Donbass maqomi muddatini yana bir yilga uzaytirishga qaror qilgan edi. Unda, jumladan, mintaqa uchun alohida maqom ko‘zda tutilgan, biroq bu maqom qator shartlar bajarilganidan so‘ng kuchga kiradi, ular orasida "noqonuniy tuzilmalar" hududni tark etishi belgilangan.
 
Xabarda ta'kidlanishicha, qonun Donbassda BMT tinchlikparvar kuchlarini joylashtirishga ruxsat beradi. Hujjat rasimy matbuotda e'lon qilinganidan so‘ng kuchga kirishi belgilangan. 

 

 

 

Mavzuga oid
Top