12:31 / 07.10.2017
35532

Ronalduning shov-shuvli rejasi. U baribir ketmoqchi

Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelgusida mavsumda Madridda qolishni rejalashtirmayapti. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi. 

Ingliz tabloidining futbolchilarga yaqin manbalarga tayanib bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi kelgusi yil yozgi transferlar vaqtida boshqa klubga o‘tishni maqsad qilgan. Bunga sabablardan biri sifatida futbolchining soliqlar bilan bog‘liq mojarolarga duch kelganida klub faol pozitsiyada bo‘lmagani ko‘rsatib o‘tilgan. Ronalduning fikricha, klub chetga chiqib turmasdan uni himoya qilishi kerak edi.

Ronaldu faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan jamoa sifatida «Manchester Yunayted» nomi tilgan olinmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi transferi masalasida ikkala klub aloqaga chiqqandi.

Mavzuga oid
Top