19:28 / 07.10.2017
38647

Saudiya Arabistonida podshoh saroyiga hujum qilindi

Saudiya Arabistonida noma'lum kimsalar podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning Jiddadagi saroyiga hujum qilishga urinishdi. Al Jazeera telekanalining ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari hujumni bartaraf etishgan, biroq bosqinchilar bilan to‘qnashuvda saroyning 2 nafar qo‘riqchisi halok bo‘lgan.

Shu sababli AQShning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi Saudiya Arabistonida bo‘lgan amerikaliklarni ehtiyotkor bo‘lish va Ol Saudning Jiddadagi saroyi yaqiniga bormaslikni tavsiya qilgan.

Saudiya Arabistoni hukumati hozircha hujum bo‘lganini rasman tasdiqlamagan.

Top