22:08 / 08.10.2017
40658

Haydovchilar uchun Kamera Bor dasturi yaratildi

Foto: Kun.uz

SAB LAB LLC kompaniyasi Android operatsion tizimida ishlovchi Kamera Bor (Kamera Bor) mobil dasturini yaratdi. Bu dastur haydovchilarga yo‘l harakati xavfsizligiga amal qilishda va jarimalarga uchramaslikda yordam beradi.

Dastur nafaqat avtomobil harakatlanishi yo‘lida joylashgan qayd qilish kameralarini ko‘rsatadi, balki kameraning turi, ungacha bo‘lgan masofa, mashina ketayotgan tezlik va yo‘ldagi cheklov haqida ma'lumotlar beradi.

Haydovchi ogohlantirish oladigan kameragacha bo‘lgan masofani o‘zi tanlay oladi, ya'ni kameragacha shu masofa qolganda haydovchi ogohlantirish oladi. Ogohlantirish signallarining bir necha turi ko‘zda tutilgan: ovozli xabar, biper, vibratsiya yoki stroboskop rejimi. Dastur ma'lumotlar bazasida O‘zbekistonning barcha yo‘llaridagi kameralar haqida to‘liq ma'lumot borligi bilan birga faqatgina ishlayotgan kameralar haqida xabar beradi.  

Ma'lumotlar bazasining yangilanishi va ularga yangi kameralar qo‘shilishi bir onda yuz beradi. Dastur ishchi rejimda internetga ulanishni talab qilmaydi.

Kamera Bor antiradar va xarita rejimlarida ishlashi ham mumkin. Dastur Toshkent shahri va butun O‘zbekistonning batafsil xaritalariga ega.

Dasturni o‘rnatish uchun Android 4.0 operatsion tizimi yoki uning yangiroq versiyalari talab etiladi. Dasturni ko‘chirib olish bepul.

Top