16:50 / 08.10.2017
6999

«Liverpul» xitoyliklarga sotilishi mumkin

«Liverpul» tez orada o‘z xo‘jayinlarini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Times‘ning yakshanba kuni chop etiladigan The Sunday Times nashri xabar tarqatmoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, mersisaydliklarning «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvi vaqtida o‘tgan mavsumda klubni sotish bo‘yicha xitoylik investorlar bilan muzokara olib borgan Amanda Stevelining tribunada o‘tirganini alohida qayd etib o‘tgan.

Xabar qilinishicha, hozirda «Liverpul»ni Yaqin Sharqdagi tadbirkorlardan biri sotib olishni ko‘zlamoqda. Savdo qiymati  rekord darajadagi 1,2 milliard funt sterlingni tashkil qilishi mumkin.

Ma'lumot  uchun, hozirgi vaqtda ingliz jamoasiga AQShning FSG kompaniyasi egalik qiladi.

Mavzuga oid
Top