13:30 / 08.10.2017
7142

Pirlo faoliyatini yakunlashga qaror qildi

Italiya terma jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Andrea Pirlo futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda Goal.com internet-nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi dekabrda, «Nyu-York Siti» bilan shartnomasi nihoyasiga yetgach, butsalarini mixga ilishga qaror qilgan.

«Vaqting kelganini tezda tushunib yetasan. Senda har kuni jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha muammolar paydo bo‘ladi. Har doimgidek, o‘zing xohlagandek shug‘ullana olmaysan, chunki senda qandaydir muammolar paydo bo‘laveradi.

Mening yoshimda yaxshisi to‘xtash kerak. Sen hech qachon 50 yoshga kirguningga qadar futbol o‘ynay olmaysan. Yaxshisi boshqa biror ish bilan mashg‘ul bo‘laman», – degan Pirlo.

Futbolchilik faoliyati davomida Pirlo Italiyaning «Breshiya», «Inter», «Rejjina», «Milan», «Yuventus» va AQShning «Nyu-York Siti» jamoalarida to‘p surishga ulgurdi.

Andrea olti karra Italiya chempioni (ikki karra «Milan» va to‘rt marta «Yuve» bilan ), ikki karra Italiya kubogi («Milan» va«Yuve» bilan bir martadan) va uch karra Italiya superkubogida («Yuve» bilan ikki marta, «Milan» bilan bir marta) zafar quchdi .

«Rossonerilar» tarkibida Pirlo ikki martadan YeChL va UYeFA superkubogida g‘alaba qozondi. 2007 yilda shuningdek klublar o‘rtasidagi JChda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

2006 yilda u Italiya terma jamoasi bilan birga JCh g‘olibiga aylandi. 2012 yilda esa Italiya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida kumush medal sohibiga aylangandi.

Mavzuga oid
Top