19:50 / 08.10.2017
36942

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidentiga ta'ziya bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonga uning akasi Nuriddin Rahmonning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi.

Shavkat Mirziyoyevning Rahmon nomiga yo‘llangan maktubida "Sizning akangiz Nuriddin Rahmonning bevaqt vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildim", deb ta'kidlangan.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentiga og‘ir judolik munosabati bilan o‘zining samimiy hamdardligini bildirgan.

Nuriddin Rahmon 7 oktabrda 67 yoshida Dushanbedagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Ta'kidlanishicha, marhum hech qanday davlat lavozimini egallamagan va oxirgi yillar pensiyada bo‘lgan.

Top