09:25 / 08.10.2017
25639

Tramp Shimoliy Koreyaga nisbatan faqat bir chora ish berishi mumkinligini aytdi

© AFP 2017 / Brendan Smialowski

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga nisbatan faqat bir chora ish berishi mumkinligini aytdi. U bu haqda tvitterda yozgan.

"Avvalgi prezidentlar va ularning ma'muriyatlari Shimoliy Koreya bilan 25 yil muzokara olib borishgan, bitimlar tuzishgan va katta pullar to‘lashgan, biroq bularning barchasi ish bermagan. Bitimlar ulardagi siyohlar qurishi bilan buzilgan va AQSh vakillarini ahmoq qilib ko‘rsatgan. Kechirasiz-u, Shimoliy Koreyaga nisbatan faqat bir narsa ish berishi mumkin", deb yozgan Tramp. Biroq Tramp aynan nimani nazarda tutayotganini sir saqlagan.

6 oktabrda Tramp AQSh harbiy rahbariyati bilan tantanali kechki tanovul vaqtida u nimani nazarda tutgani haqida jurnalistlar bergan savolga "bo‘ron oldidan osoyishtalik" deb mujmal javob qilgan.

Mavzuga oid
Top