22:00 / 08.10.2017
28885

O‘zbekistonlik bokschilar Qozog‘istondagi turnirda birinchi o‘rinni egallashdi

4-7 oktabr kunlari mobaynida Qozog‘istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi. 

O‘zbekiston jamoasi turnirga 10 nafar bokschi bilan yo‘l olgandi. Ularning 9 nafari yarim finalga yetib bordi. 7 oktabr kungi final uchrashuvlarida o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi oltin medallar uchun ringga chiqishdi.

Final janglarida O‘zbekistonning 4 nafar vakili g‘olib chiqdi. Bular - Elnur Abduraimov (64 kg), Mahmud Gaipov (69 kg), Isroil Madrimov (75 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg).

Mironshoh Ibrohimov (49 kg), Murodjon Axmadaliyev (60 kg) va Sanjar Tursunov (91 kg) bronza medallari bilan kifoyalangan bo‘lsa, Otabek Xolmatov (56 kg) hamda Madiyar Saidrahimov (81 kg) finalda yutqazib, kumush medal olishdi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschilar 4 oltin, 2 kumush va 3 bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid
Top