23:44 / 08.10.2017
6059

JCh-2018. Shotlandiya 2-o‘rinni boy berdi, Slovakiyaga Sloveniya ko‘maklashdi

Yevropa mintaqasida JCh-2018 saralash bosqichi yakunlanmoqda. F guruhida Angliya muddatidan oldin yo‘llanmani naqd qilib qo‘ygani bois, asosiy kurash ikkinchi o‘rin uchun kechdi.

Shotlandiya terma jamoasi Sloveniya mehmoni bo‘lib 2:2 hisobida durang o‘ynay oldi, xolos. Bundan esa Slovakiya terma jamoasi unumli foydalanib ketdi. Maltadan yirik hisobda ustun kelgan slovaklar 2-o‘ringa ko‘tarilib olishdi va katta ehtimol bilan pley-offda ishtirok etadigan bo‘ldi. 
Angliya esa Litva uyida g‘alaba qozondi va saralashni mag‘lubiyatsiz yakunlab guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

F guruhi

Litva – Angliya 0:1 (0:1)

Gol: 0:1 – 27, penalti Keyn.
Litva – Shetkus, Klimavichyus, Borovskis, Andryushkyavichyus, Girdvaynis, Slivka (Xvedukas, 90), Julpa, Verbitskas, Chernix, Shyarnas (Matulyavichyus, 76), Novikovas.
Angliya: Batlend, Kin, Maguayr, Kressuell, Stounz, Uinks, Henderson, Alli (Lingard, 81), Tripper, Reshford (Starrij, 72), Keyn.
Ogohlantirish: Slivka (54).

Sloveniya – Shotlandiya 2:2 (0:1)

Gollar: 0:1 – 32 Griffits, 1:1 – 52 Bezyak, 2:1 – 72 Bezyak, 2:2 – 88 Snodgrass.
Sloveniya: Oblak, Mevlya, Yokich, Struna (Skubits, 46), Tsesar, Kurtich, Rotman, Ilichich, Repas (Bezyak, 46), Verbich, Matavj (Vetrix, 89).
Shotlandiya: Gordon, Berra, Robertson, Tirni (Fletcher, 80), Malgryu, Fillips, Fletcher, Makartur (Snodgrass, 79), Bennan, Martin (Anya, 52), Griffits.
Ogohlantirishlar: Tirni (4), Rotman (57), Makartur (65), Malgryu (83), Verbich (90), Berra (90), Tsesar (90).
Chetlatish: Tsesar (90).

Slovakiya – Malta 3:0 (1:0)

Gollar: 1:0 – 33 Nemets, 2:0 – 62 Nemets, 3:0 – 69 Duda.
Slovakiya: Dubravka, Shkrtel, Gubochan (Mazan, 87), Pekarik, Shkrinyar, Duda, Lobotka, Gamshik, Rusnak (Migalik, 87), Vayss, Nemets.
Malta: Xogg, Adjius, Tserafa, Borg, Kamilleri, Fenek (Borg, 88), Fenek, Gembin (Feylla, 76), Effiong, Pizani, Shembri.
Ogohlantirishlar: Fenek (30), Pizani (64), Duda (79), Gubochan (82), Shembri (82), Tserafa (83).

Top