00:48 / 08.10.2017
11459

JCh-2018ga yo‘llanma olgan yana bir terma jamoa aniq bo‘ldi

Nigeriya terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichining Afrika mintaqasida Zambiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan final bosqichi yo‘llanmasini naqd qildi.

Uyo (Nigeriya) shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. 73-daqiqada «Arsenal» hujumchisi Aleks Ayuobi tomonidan kiritilgan gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Nigeriya terma jamoasi Afrikadan yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ilk terma jamoaga aylandi. Bu «yashil burgutlar»ning chempionatlardagi oltinchi ishtiroki bo‘ladi.

V guruhidagi boshqa bir uchrashuvda Kamerun Jazoir ustidan g‘alaba qozondi — 2:0.

Guruhda Nigeriya terma jamoasi 13 ochko to‘plab birinchi o‘rinni naqd qilgan bo‘lsa, Zambiyada 7, Kamerunda 6 ochko mavjud. Jazoir 1 ochko bilan qolgan.

JCh-2018, saralash. Afrika

Nigeriya - Zambiya 1:0 (0:0)

Gol: Ayuobi (73).

Kamerun - Jazoir 2:0 (1:0)

Gollar: N‘Ji (25), Pangop (88).

Top