20:15 / 09.10.2017
5200

AQShda Falcon 9 raketasi 10 ta sun'iy yo‘ldosh bilan uchirildi

Foto: AP Photo / SpaceX via AP

AQShning Kaliforniya shtatidan bortida 10 ta Iridium-3 sun'iy yo‘ldoshi bo‘lgan Falcon 9 raketasi uchirildi. Raketaning parvozi translyatsiyasini SpaceX kompaniyasi olib borgan. 

Raketa parvozi mahalliy vaqt bilan soat 05.37da (Toshkent vaqti bilan soat 17.37)  Vandenberg kosmodromidan amalga oshirilgan.

Kompaniya ushbu parvoz doirasida raketaning birinchi pog‘onasini keyinchalik ishlatish uchun yana bir marotaba okeandagi barjaga qo‘ndirmoqchi.   

Top