11:37 / 09.10.2017
5864

Halep Ruminiya tennisi tarixiga o‘z nomini kiritdi 

Foto: Getty Images

Ruminiyalik Simona Halep Ayollar tennis uyushmasi (WTA) reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, ro‘yxatning yangilangan versiyasi tashkilot rasmiy saytida e'lon qilindi.

Halep WTA reytingida yetakchilikni qo‘lga kiritgan tarixdagi birinchi ruminiyalik tennischi ayolga aylandi. U birinchi o‘rinni ispaniyalik Garbinya Mugurusadan olib qo‘ydi. Ruminiyalik sportchi bu yil reytingda yetakchiga aylangan beshinchi tennischiga aylandi. Bundan oldin, Mugurusadan tashqari, amerikalik Serena Uilyams, germaniyalik Anjyelika Kerber va chexiyalik Karolina Plishkova ham birinchi o‘rinni egallagan.

9 oktabrdagi WTA reytingi:

1 (2). Simona Halep (Ruminiya) - 6175 ochko,
2 (1). Garbinya Mugurusa (Ispaniya) - 6135,
3 (4). Karolina Plishkova (Chexiya) - 5605,
4 (3). Elina Svitolina (Ukraina) - 5465,
5 (5). Vinus Uilyams (AQSh) - 4642,
6 (6). Karolin Voznyatski (Daniya) - 4640,
7 (8). Yelena Ostapenko (Latviya) - 4510,
8 (9). Svetlana Kuznetsova (Rossiya) - 4005,
9 (15). Karolin Garsiya (Fransiya) - 3860,
10 (7). Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) - 3795.

Mavzuga oid
Top