11:45 / 09.10.2017
10151

Del Boske: «Real» va «Barsa» bir-biriga kerak»

Foto: ESPN FC

Madridning «Real» klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Visente Del Boske «Barselona»ning La Ligani tark etishi haqida o‘ylashni ham istamayotganini aytdi.

Ma'lumki, Kataloniya hududi mustaqillikni e'lon qilsa, matbuotda «blaugranas» La Ligani tark etishi haqida xabarlar muhokama qilinayotgandi.

«Agar Kataloniya mustaqillikni e'lon qilsa, «Barselona» qayerda o‘ynashi haqida o‘zimga har doim savol beraman. Ammo, Ispaniya chempionatini «Barselona»siz tasavvur qilolmayman. Bundan Kataloniya ham, boshqalar ham zarar ko‘rgan bo‘lardi.

«Real» va «Barsa» bir-biriga kerak yoki boshqacha qilib, hayotan muhtoj deb aytgan bo‘lardim», - dedi mutaxassis Football Espana saytiga bergan intervyusida.

Top