16:15 / 09.10.2017
8097

Xitoy: Trampning KXDR bo‘yicha nuqtai nazari umumiy sifatida qabul qilinmasligi kerak

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning KXDR atrofidagi vaziyat haqida bildirgan fikrlari Qo‘shma Shtatlar va butun dunyodagi aholi uchun umumiy sifatida qabul qilinmasligi kerak. Bu haqda XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin dushanba kungi brifingda aytib o‘tdi.

«Uning bayonotlaridan tashqari, boshqa nuqtai nazarlar ham bildirildi, - deya ta'kidlab o‘tdi diplomat jurnalistlarning savollariga javob qaytarib. - Misol uchun, AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter yaqinda Washington Post gazetasida Vashington Pxenyanga tinch muzokaralarni o‘tkazish uchun delegatsiya yuborishi lozimligi ta'kidlangan maqolani e'lon qildi».

Xua Chuninning eslatishicha, qator mamlakatlarda o‘tkazilgan jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovlarga ko‘ra, jamoatchilik vaziyatga yechim topishning siyosiy usullari tarafdoridir. «Ushbu tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning aksariyati diplomatik usullarni, shuningdek, Koreya yarim orolidagi inqirozli vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Rasmiy vakilning eslatishicha, Sharqiy Osiyodagi vaziyat Shimoliy Koreya muammosi tufayli tarang bo‘lib qolmoqda, shu sababdan manfaatdor tomonlarning har biri Pxenyanga nisbatan bir tomonlama choralardan qochishi va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga rioya etishi lozim.

Avvalroq, Tramp jurnalistlarga KXDR tomonidan keluvchi tahdidga yagona ehtimoliy reaksiya haqidagi o‘z bayonotlarining ma'nosini «yaqinda tushunishlarini» va'da qilgandi. Qo‘shma Shtatlar rahbari Pxenyan bilan Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha muzokaralar navbatdagi marta muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgani haqida aytib o‘tdi. Biroq, u gap nima haqda ketayotganiga oydinlik kiritmadi.

Mavzuga oid
Top