11:15 / 09.10.2017
46515

Xorazm va Farg‘ona viloyati prokurorlari o‘zgardi

Xorazm va Farg‘ona viloyatiga yangi prokurorlar tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017 yil 3 oktabrdagi buyrug‘iga muvofiq adliya katta maslahatchisi Akmalxo‘ja Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan Xorazm viloyat prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017 yil 3 oktabrdagi buyrug‘iga muvofiq adliya katta maslahatchisi Sadriddin Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan Farg‘ona viloyat prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlandi.

Top