13:46 / 09.10.2017
6218

Hindistonda 11 kishiga nisbatan belgilangan o‘lim jazosi o‘zgartirildi

Hindistonning Gujarat oliy sudi dushanba kuni 2002 yilda poyezdga o‘t qo‘yishda ayblangan 11 kishiga nisbatan o‘lim jazosini umrbod qamoq jazosiga almashtirdi. ANI agentligi shu haqida xabar berdi

2002 yilning 27 fevralida "Sabarmati ekspress" poyezdiga o‘t qo‘yish Ayodxya shahridan ziyoratdan qaytayotgan 59 nafar hindu faolining o‘limiga olib keldi. 1992 yilga qadar Ram xudosi tug‘ilgan deya taxmin qilinuvchi bu joyda Babri masjidi bo‘lgan va u hindular tomonidan buzilgan. Bu esa musulmonlar va hindular o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni keltirib chiqargan. Poyezdga o‘t qo‘yish ham to‘qnashuvlar seriyasining boshlanishi bo‘lgan, to‘qnashuvlar seriyasi natijasida mingga yaqin kishi jabrlangan.

2011 yilda sud poyezdga o‘t qo‘yish ishi bo‘yicha 31 kishini aybdor deya tan olgan, 11 nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan, yana 20 kishi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan. 36 kishi oqlangan. Gujarat hukumati 63 kishining oqlanishiga qarshi chiqqan, shu bilan birga, hukm qilinganlar ham sud qaroriga qarshi chiqishga urinishgan.

Dushanba kuni Ahmadoboddagi Gujarat Oliy sudi 31 kishiga nisbatan ayblovni tasdiqladi, faqat 11 kishiga nisbatan belgilangan o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirildi. 63 kishining oqlangani esa o‘zgarishsiz qoldi. 

Top