00:01 / 09.10.2017
14530

Levandovski JCh rekordini o‘rnatdi

Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi Chernogoriyaga qarshi uchrashuvda (4:2) gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Natijada 29 yoshli «Bavariya» hujumchisi 10ta uchrashuvda 16 gol kiritdi va JCh saralashlaridagi rekordni yangiladi. 

Payshanba kuni Levandovski gol kiritib, gollari sonini 15taga yetkazib olgan va rekord o‘rnatgandi. Ammo keyinroq Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu (unda 8 uchrashuvda 15 gol mavjud) bu rekordni takrorlagandi.

Top