20:35 / 09.10.2017
15793

Messi muvaffaqiyatining 7ta qoidasi

Foto: Sports Illustrated

"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi.

U "Oltin to‘p" sovrinini 5 marta qo‘lga kiritgan yagona insondir. U muvaffaqiyatga eltgan 7ta qoidaga amal qiladi.

Foto: Getty Images

1. O‘zing yaxshi ko‘radigan ish bilan shug‘ullan

"Men uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yagona narsa - futboldir. Men yoshligimdan uning shaydosiman. Agar qilayotgan ishing o‘zingga yoqmasa, undan zavq olmasang, uni tashlab yubor. Mana shu - eng muhimi".

2. Eng yuqori cho‘qqiga intil

"Men yanada ko‘proq natijalarni qo‘lga kiritishga, ko‘proq sovrinlarga ega bo‘lishga intilaman. Yangi mavsum boshlangach, asosiy maqsadimiz barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish deb har doim aytaman. Faoliyatimni iloji boricha ko‘proq sovrin bilan yakunlamoqchiman".

Foto: Getty Images

3. Eng ashaddiy tanqidching o‘zing bo‘lishing kerak

"O‘z ishingga tanqidiy yondash, xotirjamlikka berilma. Mehnat qilish va rivojlanishdan to‘xtama".

4. Diqqat-e'tiboringini susaytirma

"Diqqat - e'tiboringni asosiy faoliyatingga qarat. Men o‘zimni chalg‘ituvchi gap-so‘zlar, voqealarga e'tibor qaratmayman".

Foto: Getty Images

5. Jamoa uchun mehnat qilgin

"Qo‘lga kiritgan yutuqlarim faqat o‘zimning mehnatim tufayli emas. Menga jamoadoshlarim, do‘stlarim ko‘mak va dalda berib turgan. Ularning yordami bilan bunday natijalarga erishmoqdaman".

6. Har bir imkoniyatdan unumli foydalan

"Vaqtning tez o‘tib ketish xususiyatga ega ekanini unutmaslik lozim. Hayotning har bir lahzasidan unumli foydalanish kerak".

Foto: Getty Images

7. Senga yaxshilik qilganlardan minnatdor bo‘lishni unutma

"Erishgan yutuqlarimda menga ko‘mak berganlar, yelkadosh bo‘lganlardan minnatdorman. Ularni hech qachon unutmayman. Hayotimda mana shu qoidalarga amal qilaman" - dedi Messi.

Top