23:15 / 09.10.2017
12541

Pentagon rahbari AQSh armiyasini Shimoliy Koreya bilan jang qilishga tayyor turishga chaqirdi

Foto: REUTERS

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis amerikalik harbiylar Shimoliy Koreya bilan bog‘liq vaziyatni hal qilishning harbiy variantlariga tayyor turishlari kerakligini aytdi. Bu haqda 9 oktabrda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

"AQSh armiyasi qila oladigan yagona ish – bizning prezident zarurat bo‘lganda qo‘llay oladigan harbiy variantlarga tayyor turishdir", deb aytgan Mettis AQSh armiyasining har yil o‘tkaziladigan an'anaviy anjumanida.

U Vashington va BMT Shimoliy Koreyaning yadro va raketa dasturi atrofidagi vaziyatni hal qilish uchun diplomatik sa'y-harakatlarni amalga oshirishni davom ettirayotganini eslatib o‘tdi.

9 oktabrda avvalroq AQShning razvedkachi samolyoti Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi harbiy-demarkatsion liniya bo‘ylab parvoz amalga oshirgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top