13:51 / 09.10.2017
6114

Stoltenberg NATOning 2018 yilgi rejalari haqida gapirdi

Foto: AP

Rossiyaga aloqador munosabatlar, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik va NATOning modernizatsiyasi 2018 yilda Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Shimoliy Atlantika alyansining sammitida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qilgan.

«Biz NATOning keyingi sammitiga tayyorgarlikni boshladik, u Bryusselda kelasi yili yangi bosh qarorgohimizda bo‘lib o‘tadi. Biz kollektiv mudofaani modernizatsiya qilib, janub va sharqdagi qo‘shni mamlakatlarga barqarorlik hamda xavfsizlikni keltirishga yordam berib, Uels va Varshava sammitlarida qabul qilingan qarorlar asosida ishlashda davom etamiz», - dedi Stoltenberg Buxarestda NATO Parlament assambleyasi yig‘ilishida so‘zga chiqib. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya bilan munosabatlar, albatta, muhim mavzu bo‘ladi, shuningdek Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik va alyansni modernizatsiya qilishni davom ettirish ham yetakchi o‘rin tutadi».

 

Mavzuga oid
Top