14:30 / 10.10.2017
48740

12 yoshli qizni zo‘rlagan pedofilga o‘g‘il farzand tarbiyasida ishtirok etish huquqi berildi

Foto: BBC

2008 yilda Kristofer Mirasolo 12 yoshli qizni o‘ldirish bilan tahdid qilib, uni zo‘rlagan, natijada qiz homilador bo‘lib, o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. O‘shanda erkak bir yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi, biroq u olti oygina tutqunlikda bo‘ldi. To‘qqiz yil o‘tgach, Kristofer o‘g‘lining tarbiyasida ishtirok etishga qaror qildi va sud unga bolani birgalikda tarbiyalash huquqini berdi. Detroit News shu haqida xabar berdi.

Mudhish voqea ro‘y bergan kun qiz o‘zining 13 yoshli opasi va ularning do‘sti bilan birga bolaning katta yoshli tanishi Kristofer bilan uchrashishgan. Erkak bolalarga mashinada aylanib kelishni taklif qilgan, ular Kristofer "Makdonalds"ga olib boradi deb o‘ylab rozi bo‘lishgan. Biroq buning o‘rniga Kristofer ularning mobil telefonlarini tashlab yuborib, ikki kun qarindoshlarining yonidagi bo‘m-bo‘sh uyda saqlagan. Oxir-oqibat u katta opani qo‘yib yuborgan, qiz sodir bo‘lgan voqea haqida boshqalarga so‘zlab bergan.

Kristofer bir oydan keyin qo‘lga olingan, bu vaqtga kelib esa qizcha homilador bo‘lgan. Jabrlanuvchi bolani qoldirishga qaror qilgan. U o‘qishni tashlab, ishga joylashishiga to‘g‘ri kelgan. 

Mirasolo olti oyda, muddatidan avval qo‘yib yuborilgan, zero u bemor onasini parvarish qilishi kerak bo‘lgan. Biroq 2010 yilda uni boshqa bir xuddi shunday jinoyat uchun yana bir bor qamoq jazosiga hukm qilishgan - bu safar u 13-15 yoshlar atrofidagi o‘smirni zo‘rlagandi. 

Kristoferning advokati aytishicha, uning himoyasidagi shaxs qanday qilib 8 yoshli o‘g‘lining tarbiyasida ishtirok etishi hozircha noaniq, shu bois u himoyasi ostidagi shaxsning avvalgi jinoyatlarini muhokama qilishdan bosh tortgan. Zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan qiz va uning advokati sud qaroriga nisbatan appelyatsiya berishgan.

Top