09:02 / 10.10.2017
21213

Yaman hududidan Saudiya Arabistoni tomon ballistik raketa otildi

Yaman hududidan Saudiya Arabistoni tomon ballistik raketa otildi. Bu haqda Eronning Press TV telekanali tvitterda ma'lum qildi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Qaher-2 ballistik raketasi Saudiya Arabistonining janubidagi Jizan viloyatiga otilgan.

Iyulda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Makka tomon otilgan ballistik raketani urib tushirgandi. Raketa Makkadan 69 km uzoqlikda to‘xtatilgan. Koalitsiya ma'lumotlariga ko‘ra, raketani yamanlik husiylar otgan.

May oyida esa havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi bilan qurollangan husiylar Yamanning Sa'da viloyatida Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlarining F-15 qiruvchi samolyotini urib tushirgandilar. Samolyot Saudiya Arabistonining Najrat okrugiga tushgan. 

Yamanda 2014 yildan beri isyonchi husiylar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida janglar davom etib kelmoqda. 

Top