19:20 / 10.10.2017
15584

Yaponiya O‘zbekistonga 2,3 mln dollarlik grant taqdim etdi

Yaponiya O‘zbekistonga 261 million iyena miqdorida (2,3 million dollar) grant ajratdi. Bu mablag‘lar O‘zbekiston davlat kompaniyalari va vazirliklari uchun mutaxassislar yetishtirib berishga yo‘naltiriladi.

Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakolatxonasi rahbari Nobuaki Ito hamda Davlat Investitsiyalar qo‘mitasi raisi Azim Axmedxo‘jayev bugun Toshkentda shu haqidagi kelishuvni imzolashgan.

O‘zbekistonlik mutaxassislar JDS koordinatsion loyihasi doirasida Yaponiyaning yetakchi oliygohlarida o‘qitiladi.

O‘zbekistonlik yosh davlat xizmatchilari 1999 yildan buyon Yaponiyada o‘qitib kelinadi. 17 yil ichida ushbu loyiha bo‘yicha 309 nafar stipendiat ushbu dastur orqali Yaponiyada o‘qib kelgan.

Top