09:26 / 10.10.2017
7517

Atlantika okeanida yangi "Ofeliya" bo‘roni vujudga keldi

Foto: AFP

Atlantika okeanida 9 oktabrda yangi "Ofeliya" tropik bo‘roni vujudga keldi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.  

Ta'kidlanishicha, hozircha bo‘ron "Xarvi" va oxirgi vaqt kuzatilgan boshqa dovullar kabi xavfga ega emas.  

"Ayni vaqtdagi prognozlar "Ofeliya" quruqlikka xavf tug‘dirmasligini ko‘rsatmoqda", deb aytgan meteorolog Jadson Jons.

AQShning dovullardan ogohlantirish milliy markazining ta'kidlashicha, bo‘ron Azor orollaridan 1384 km uzoqlikda shakllangan. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, kelayotgan juma kuniga "Ofeliya" sekin-asta kuchayib, dovulgacha yetishi mumkin.

Top