17:43 / 10.10.2017
7982

Kichik biznesga kaolinni boyitish va dastlabki qayta ishlashga ruxsat berildi

Foto: IndiaMART

Vazirlar Mahkamasining 2.10.2017 yildagi 785-son qarori bilan Kichik tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli bo‘lgan tashkilotlar tasnifiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

08.12 «Ochiq shag‘al va qum konlarini ishlash, tuproq va kaolin qazib olish» sinfiga quyidagi kichik sinflar kiritildi:

•  08.12.0 «Ochiq shag‘al va qum konlarini ishlash»;
•  08.12.1 «Tuproq va kaolin qazib olish»;
•  08.12.2 «Kaolin va boshqa kaolin tuproqlarni to‘yintirish va shunday birlamchi qayta ishlash»;
•  08.12.9 «Boshqa toifalarga kiritilmagan boshqa konlarni ishlash».

Avval 08.12 sinfi ochiq shag‘al va qum konlarini ishlash hamda faqat tuproq va kaolin qazib olishni birlashtiradigan  (08.12.0) kichik sinfdan iborat edi. Shu tariqa, mazkur faoliyat turi aniqlashtirildi va  kengaytirildi.

Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan mikrofirmalar xodimlarining o‘rtacha yillik soni 1–20 nafarni,  kichik korxonalarda – 21 nafardan 50 nafargachani tashkil etadi.

Hujjat 4.10.2017 yildan kuchga kirdi. 

Top