19:30 / 10.10.2017
10083

Marg‘ilonlik kosib uyida 3 ta qopda giyohvand modda saqlab kelgan

Farg‘ona viloyatida IIB tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida bir qancha giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq holatlar aniqlanmoqda. 

Jumladan, Marg‘ilon shahrida yashovchi asli kasbi kosibchilik bo‘lgan Karim Qodirovning (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) yashash xonadoni ushbu tadbir davomida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, omborxonasidan 3 dona qopda sof og‘irligi 19 kg 890 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan. 

Hozirda K.Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid
Top