17:29 / 10.10.2017
5363

Turkiya, Iroq va Eron kurdlarga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyor

Anqara, Bag‘dod va Tehron kurdlar muxtoriyatiga qarshi birgalikda sanksiyalar joriy etishga tayyor. Bu holat ushbu mintaqa hukumati mustaqillik bo‘yicha referendum yakunlarini bekor qilmasa ro‘y beradi, deya ma'lum qildi Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim.

"Shimoliy Iroqda noqonuniy referendum bo‘lib o‘tdi. Biz kurd xalqiga emas, balki Shimoliy Iroq hukumatining mas'uliyatsiz harakatlariga qarshi chiqmoqdamiz. Ular bilan aviaqatnov hamda telekanallari translyatsiyasini to‘xtatdik, ularning vakillarini o‘zimizga kiritmadik. Bu hammasi emas. Agarda Shimoliy Iroq rahbariyati o‘ziga kelmasa, biz Iroq va Eron vakillari bilan uchrashamiz, bo‘lajak qarorlarni qabul qilamiz", - deya ma'lum qildi Yildirim Turkiyada hukmron bo‘lgan Adolat va rivojlanish partiyasining parlamentdagi fraksiyasi oldida chiqish qilib.

Iroq Kurdistonida 25 sentabr kuni mustaqillik bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Iroqdan mustaqil bo‘lish uchun saylovchilarning 92,7 foizi ovoz bergan. 

Top