08:55 / 10.10.2017
12317

Voyaga yetmagan qizga nisbatan talonchilik jinoyatini sodir etgan o‘ta xavfli retsidivist ushlandi

2017 yilning 8 oktabr kuni taxminan soat 17:00larda, muqaddam sudlangan N.A. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yashnobod tumani hududida joylashgan “Aviasozlar” bozorining yonida, voyaga yetmagan N.T.ning sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan bir juft ziragini egallab, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 4-qismi «b» bandi (talonchilik, ya'ni o‘ta xavfli retsidivist tomonidan, sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top