08:10 / 10.10.2017
42061

Aholisi Sirdaryo viloyatidan ham kam bo‘lgan davlat JChga yo‘llanma oldi

Foto: Reuters

Islandiya futbol bo‘yicha jahon chempionati final bosqichiga chiqa olgan barcha davlatlar ichida aholisi eng kam bo‘lgan davlat bo‘ldi, deb xabar bermoqda RT telekanali. 

Orol davlatning aholisi 330 ming kishini tashkil qiladi. Bu boradagi avvalgi rekord natija 1,3 mln kishilik aholiga ega Trinidad va Tobagoga tegishli edi.

Islandiya I guruhida Xorvatiya, Ukraina va Turkiyani ortda qoldirib, 1-o‘rinni egallay oldi.

Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, Islandiya aholisi O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatidan ham kamdir. Ushbu viloyatda, 2015 yil ma'lumotlariga ko‘ra, 777 100 kishi istiqomat qiladi. 

Mavzuga oid
Top