14:20 / 11.10.2017
10181

Avstraliya KXDR terma jamoasini o‘z hududiga kiritmaydi

Foto: Sport Ekspress

Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi KXDR o‘smirlar terma jamoasi mamlakat hududiga kiritilmasligini e'lon qildi.

Ma'lumki, KXDR o‘smirlari Osiyo chempionati U19 saralashida Avstraliya, Shimoliy Mariana orollari va Hong Kong bilan bir guruhda ishtirok etishi, o‘yinlar yashil qit'ada o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan edi.

L'Equipe xabariga ko‘ra, Avstraliya hukumati bu qaror bilan KXDR hukumati tomonidan o‘tkazilayotgan yadro qurolining sinovlariga norozilik bildirgan.

«Biz Shimoliy Koreyaning noqonuniy yadro dasturini qoralaymiz. KXDR jamoasining mamalakatimiz hududiga kiritilishi esa, bizning bu boradagi pozitsiyamizga ziddir», - deyiladi TIV rahbari Juli Bishop bayonotida.

Hozircha, KXDR terma jamoasining o‘yinlari qaysi mamlakatda o‘tkazilishi ma'lum emas.

Mavzuga oid
Top