Texas va AQShning janubiy shtatlarida "Xarvi" dovuli vaqtida suv ostida qolishi oqibatida yaroqsiz holga kelgan avtomobillarni utillashtirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Xyustondagi Royal Purple Raceway avtodromi hududining o'zida 30 mingga yaqin bunday mashina to'plandi. Ta`kidlanishicha, bu hali boshlanishi. 

Foto:bigpicture.ru
Foto:bigpicture.ru

Dovul Texas va boshqa shtatlarda yuz minglab avtomobillarni yaroqsiz holga keltirdi. Endi bu mashinalar yo ta`mirlanadi, yo utillashtiriladi. Ulardan ko'pini auksionlarda sotish mo'ljallanmoqda.

Foto:bigpicture.ru

Sentyabr o'rtalaridan Xyustonda suv ostida qolgan mashinalar Royal Purple Raceway avtodromi avtoturargohida yig'ilmoqda. 160 gektarlik maydonda 30 mingga yaqin mashina to'plangan, ularning egalari esa sug'urta kompaniyalarining ko'rilgan zarar bo'yicha tovon puli to'lash bo'yicha qarorini kutmoqdalar.

Foto:bigpicture.ru

Bunday mashinalardan kamida uch marta ko'proq yig'ilishi taxmin qilinmoqda. Hammasi bo'lib 500 mingdan ko'proq mashina yaroqsiz holga kelgan.

Foto:bigpicture.ru

Bu esa Sharqiy Yevropaga AQShdan minilgan mashinalar "yopirilishini" anglatadi. Ulardan ko'pi hoynahoy bus-butun bo'lmaydi – ular ancha arzon turadi, ularni tiklab sotishdan mo'may pul ishlab olish mumkin. Shu bilan birga dovul vaqtida suv ostida qolgan yangigina mashinalar ham olib kelishi mumkin. 

Internetda fojia vaqtida shikastlangan mashinalar saqlanayotgan Royal Purple Raceway poyga majmuasidan video paydo bo'ldi. Bu yerdagi mashinalarning umumiy qiymati o'nlab million dollarga baholanmoqda.

Foto:bigpicture.ru

Bu yerda odatdagi oilaviy minivenlar, sedan, pikap va krossoverlar bilan birga juda qimmat turuvchi mashinalarni ham uchratish mumkin.

Foto:bigpicture.ru

Ular orasida haqiqiy "javohirlar" – Ferrari 458 Scuderia va 488 Spider sportkarlari, Ford GT kupesi va Mercedes Gelandewagen yo'ltanlamaslari ham bor.

Avtomobillar taqdiri ularning qanchalik shikastlanganiga bog'liq bo'ladi. Kam zarar ko'rgan mashinalar egalariga qaytariladi yoki auksiondan sotiladi, qolganlari utillashtiriladi. "Xarvi" tarixga nafaqat katta talofatlar yetkazgani va ko'plab qurbonlarga olib kelgani, balki o'zidan keyin rekord darajada yaroqsiz mashinalarni qoldirgani bilan ham tarixda qoladigan bo'ldi.