00:19 / 11.10.2017
7889

Meksikaning sayyohlik tumanlarida bir kun ichida 9 kishi o‘ldirildi

Foto: AP Photo / Marco Ugarte

9 oktabrda Meksikaning Janubiy Quyi Kaliforniya shtatining sayyohlik tumanlarida 9 kishi o‘ldirib ketildi: 8 kishi La-Pas shahrida, yana bir kishi Los-Kabos shahrida o‘ldirilgan.

Shtat bosh prokuraturasi ma'lumotlariga ko‘ra, La-Pasda bir guruh jinoyatchilar uylardan biriga bostirib kirib, u yerda 3 kishini o‘ldirgan. Yana 2 kishi shahar janubidagi ko‘prik ostida otib ketilgan, 3 kishi esa Fransisko Vilya va Los-Olivos tumanlarida halok bo‘lgan.

Los-Kabosda esa bir kishi o‘z mashinasini haydab ketayotganda otib ketilgan.

Hukumatning fikricha, zo‘ravonliklarning avj olishi narkotrafikka aloqador jinoiy guruhlar faollashganidan darak berishi mumkin.

Mavzuga oid
Top