11:54 / 11.10.2017
11188

Tailandda bir yillik motam muddati uzaytirildi

Foto: Reuters

Tailand hukumati o‘tgan yili qirol Pumipon Adulyadet (Rama IX)ning vafotidan keyin mamlakatda e'lon qilingan milliy motam muddatini yana ikki kunga uzaytirdi. Motam 30 oktabr kuni tugaydi, deb xabar qilishgan Tailand hukumat matbuot xizmatidan.

Qirollikda motam 2016 yil 13 oktabrda Adulyadetning vafot etgan kuni bir yil muddatga e'lon qilingandi. Avvalroq, hukumat 26 oktabrga qadar motam muddatini uzaytirdi - shu kuni Bangkokda marhum qirolning jasadi maxsus pechda kuydiriladi. Endi vazirlar mahkamasi Rama IX’ning dafn marosimi bilan bog‘liq so‘nggi tadbirlar 29 oktabrda tugashi sababli motam muddatini uzaytirishga qaror qildi.

«Tailand hukumat binolari va elchixonalarida milliy bayroqlar motam tadbirlari yakuniga yetgunga qadar tushirilgan bo‘lishi kerak», - deya aniqlik kiritishdi hukumat matbuot xizmatidan. Shuningdek, 29 oktabr kuni kechqurunga qadar hozirda davlat idoralari binolarini bezagan barcha motam belgilari va tasmalar olib tashlanishi kerakligi ham qayd etildi. Milliy motam qoidalari Tailandning barcha davlat xizmatchilaridan qora yoki oq rangdagi libos kiyishni talab qiladi. Hukumatning tushuntirishiga ko‘ra, odatiy kiyinish shakliga qaytish 30 oktabrdan boshlanadi.

Rama IX 88 yoshida Bangkokdagi shifoxonalardan birida uzoq kasallikdan so‘ng 2016 yil 13 oktabrda vafot etdi. Dafn marosimlari 25-29 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Tailand hukumatining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, birinchi kun rohiblar va qirollik oilasi a'zolari ishtirokida buddaviylar marosimi ostida o‘tkaziladi.

 

Mavzuga oid
Top